"Liverpul"ning to'rt nafar futbolchisi izolyaciyadan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi

Оқил Абдубарноев
27 dek 2021, 19:35
"Liverpul"ning bir qancha asosiy o'yinchilari "Lester"ga qarshi APLning 20-tur uchrashuvi uchun tarkibga qaytishdi.

"Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'yin arafasida  Virjil van Deyk, Kertis Jons, Tiago Alkantara va Fabino umumiy guruhdagi mashg'ulotlarni qayta boshlaganini ma'lum qildi.

"Ha, koronavirus bilan kasallangan va izolyaciya qilingan barcha yigitlar qaytishdi", - dedi Klopp.

"Liverpul" 29 dekabr kuni "Lester"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: liverpoolfc.com