"Liverpul" yarim himoyachisi jamoa bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
3 sen 2018, 22:56
"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson jamoa bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.

Bu haqda "Liverpul" matbuot xizmati xabar bermoqda. Ammo futbolchi jamoa bilan imzolagan shartnomasining muddati ma'lum qilinmagan.

"Uzoq muddatli shartnoma imzolaganimdan xursandman. "Liverpul"ga kelganimga uzoq yillar bo'lmadi, biroq bu er men uchun qadrli joyga aylandi. Harakat qilyapman, rivojlanyapman va bundan rohatlanyapman. Futbol o'ynash uchun dunyoda bundan yaxshi joy yo'q. Bu yerda iloji boricha ko'proq qolishni istayman", - dedi Xenderson.

Xenderson 2011 yilning yozida jamoaga kelgandi. Shundana buyon u "qizillar" tarkibida 283 o'yinda qatnashdi va 24 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/lfc