"Liverpul" yana bir yarim himoyachi transferi ustida ishlamoqda

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2023, 18:59
"Liverpul" transfer bozoridagi ishlarini yakunlagani yo'q.

"Liverpul" 2023 yil yozida ikki yarim himoyachi - argentinalik Aleksik MakAllister va vengriyalik Dominik Soboslaini xarid qildi. Biroq "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp markazga yana bir futbolchini sotib olib berishni so'ragan.

"talkSPORT"ning xabariga ko'ra, "Liverpul" "Sautgempton" tayanch yarim himoyachisi Romeu Laviyani sotib olmoqchi. Mersisaydliklar "Sautgempton"ga rasmiy taklif tayyorlashmoqda. "Avliyolar" 19 yoshli futbolchisini 50 mln funtga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport24.ru