

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, klub 29 yoshli futbolchi uchun 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Shu orqali futbolchining haftalik maoshi 500 ming funt bo'ladi. Shunday bo'lgan taqdirda u APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Ayni damda u haftasiga 200 ming funt maosh olmoqda.
Ushbu mavsumda Saloh APLda 3 o'yinda qatnashib, 2 gol va 2 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.



