"Liverpul" qiziqayotgan "Arsenal" futbolchisi klubi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Alisher
26 may 2020, 16:06
Futbolchi "kanonirlar" tarkibida qoladi.

"Arsenal" himoyachisi Bukayo Saka "to'pchilar" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda britan matbuoti xabar bermoqda.

London klubi rahbariyati Sakaga yangi, 5 yillik bitim taklif qiladi. Futbolchi shuningdek yanada qulay moliyaviy imkoniyatlarga ega bo'ladi.

Oldinroq, Sakaga "Liverpul" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk