"Liverpul" PSJ yarim himoyachisi uchun 65 mln evro taklif qiladi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2025, 18:29
PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri Fransiya chempionatini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin.

Bu haqda "Anfield Watch" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchiga "Liverpul" tomonidan qiziqish mavjud. Angliya top-klubi rahbariyati Zair-Emerini sotib olish uchun 65 mln evrodan ko'proq mablag' ajratishga tayyor.

18 yoshli yarim himoyachi PSJ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan bitimi 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 mlnga baholagan.

Uorren ushbu mavsum 29 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Anfield Watch