"Liverpul" Oriji uchun 13 million evro to'laydi

Aziz Tukhtamuradov
27 iyul 2014, 21:24
"Lill" direktori Jan-Mishel Vandamm Divok Orijining mersisaydliklar futbolchisiga aylanganini tasdiqladi.

"Oriji masalasida barchasi hal bo'ldi. "Liverpul" futbolchi uchun 13 million va bonuslar to'laydi. Futbolchi bu mavsumni "Lill"da ijara asosida o'tkazadi", - deydi Vandamm.

Vandammning so'zlariga ko'ra, Orijiga yana Tottenxem, Borussiya D, Atletiko, Valensiya va Nyukasl kabi jamoalar tomonidan qiziqish bildirilgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru