"Liverpul" Italiya terma jamoasi yarim himoyachisini safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025, 19:25
"Yuventus" yarim himoyachisi Nikolo Rovella Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Liverpul" futbolchiga qiziqmoqda va uning transferi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor.

Huquqlari "Yuventus"ga tegishli Rovella hozir ijara asosida "Lacio"da o'ynamoqda. Xavbek joriy mavsum 34 uchrashuvda qatnashib, 3 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali italiyalikni 28 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/deadlinedaylive