"Liverpul" hujumchisi: "Faoliyatim oxiriga qadar yana 100ta gol urishga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2017, 15:37
"Liverpul" hujumchisi Deniel Starrij APLning 10-turida "Xaddersfild" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

Ushbu bahsda forvard faoliyatidagi 100-golini urdi.

"Xaddersfild" himoyaviy uslubda o'ynadi, birinchi bo'limda bizga muammolar tug'dirishdi. Bu darvozaga gol urishimiz qiyin bo'lgan bahslardan ekanligini tushungandik. Ammo ikkinchi bo'limda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etdik. Biz o'z vazifamizni bajardik va bundan xursandmiz.

Faoliyatimdagi 100-gol? Bu haqida o'ylaganim ham yo'q. Bunday muvaffaqiyatga erishganim uchun yaratganga rahmat aytaman. Faoliyatim oxiriga qadar yana 100ta gol urishga umid qilaman" - deydi Starrij.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com