"Liverpul" Gomes bilan 30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor

Alisher
1 mar 2022, 18:28
Agar ehtimoliy xaridor 30 million evro to'lashga rozi bo'lsa, "Liverpul"ning 24 yoshli himoyasisi Jo Gomes jamoadan ketishi mumkin.

Futbolchining "qizillar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Yosh futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi. Gomes joriy mavsum APL doirasidagi jami 5ta o'yinda maydonga tushdi.

Gomesga "Real", "Aston Villa" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Nacional