"Liverpul" argentinalik futbolchi uchun kurashishga tayyor

Alisher
12 yanv 2021, 15:37
"Liverpul" "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul uchun da'vogarlik qilmoqchi.

Argentinalik futbolchining xizmatlariga shaxsan "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda.

De Paul - Argentinaning "Rasing" klubi tarbiyalanuvchisidir. Xavbek "Udineze"ga 2016 yida "Valensiya"dan 3 million evro evaziga kelgan.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca