"Lion" Nzonzi transferi borasida "Roma" bilan kelishib oldi

"Roma" yarim himoyachisi Stiven Nzonzi "Lion"ga o'tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Nikola Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Fransiya klubi 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma masalasida kelishib olgan va 20 million evrolik taklifni rimliklar qabul qilishgan.



Nzonzi o'tgan mavsum boshlanmasdan avval "Sevilya"dan "bo'rilar" safiga kelib qo'shilgandi. Ortda qolgan mavsumda fransiyalik tayanch yarim himoyachi LaLiganing 30 o'yinida ishtirok etdi va 1 ta gol, 2 ta assistni hisobiga yozdirib qo'ydi. 


Manba: twitter.com/NicoSchira