"Lion" Depay uchun 50 million talab qilmoqchi, unga A Seriyadan da'vogar bor

Alisher
4 apr 2020, 16:34
"Lion" forvard Memfis Depay bilan xayrlashishga tayyor.

Ammo, Fransiya klubi niderlandiyalik futbolchisi uchun katta tovon puli talab qilmoqda.

"Lion" Depayning transferidan 50 million evro ishlab olishni xohlamoqda. Futbolchiga Italiyaning "Roma" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Depayning "Lion" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyunida yakuniga etadi.

Memfis joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 4ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Lazio Siamo Noi