"Lids" "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
5 sen 2020, 15:38
"Lids" "Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraga qiziqmoqda.

Kataloniya klubi xavbekni 16 million evroga sotishga tayyor. "Lids" "Barsa" talab qilayotgan narxni biroz pasaytiradi deb hisoblamoqda.

27 yoshli Rafinya akasi Tiago bilan bitta chempionatda o'ynashga qarshi emas, "Bavariya" xavbeki "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Rafinya o'tgan mavsumni ijara asosida "Selta"da o'tkazdi. Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Lids" bundan bir necha kun oldin ispaniyalik yana bir futbolchi Rodrigo Morenoning transferini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es