Li Byung Geun: "OCHL "Tegu" uchun katta tajriba bo'lyapti"

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2021, 17:42
OCHL-2021 sharq mintaqasi "I" guruhidan o'rin olgan "Tegu" - "Yunayted Siti" uchrashuvidan oldin Janubiy Koreya klubi bosh murabbiyi Li Byung Geun va futbolchi An Yong Vo fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'tgan uchrashuvda o'zimiz istamagan natijaga erisha olmadik. Ushbu bahsn unutib, bor e'tiborni navbatdagi bahsga qaratishimiz kerak. Biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. "Tegu" uchun joriy yilgi musobaqa katta tajriba bo'lyapti. Biz jamoamiz tarixida yangilik qilishga intilmoqdamiz. Taxminan 10 yillardan so'ng, jamoamizning o'sha paytdagi vakillari biz amalga oshirgan ishlarni eslashlarini istaymiz. Oldinda qiyin kutmoqda. Raqib haqida ijobiy fikr bildirishim mumkin",- deydi Li Byung Geun.




"Ertaga faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Maydonda bor mahoratimizni ishga solamiz",- deydi An Yong Vo.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia