"Leyptsig" "Arsenal" uchun Upamekanoning narxini tushirdi

Alisher
15 okt 2020, 18:05
"RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano yozda "Arsenal"ga o'tishga yaqin.

21 yoshli fransiyalik futbolchi bir necha bor London klubiga o'tishi mumkin edi, ammo "buqalar" rahbariyati himoyachining narxini doim ko'tarishdi.

Endi o'yinchi London klubiga 30 million funt evaziga qishki transferlar oynasida o'tishi mumkin. Futbolchi uchun shuningdek "Chelsi" va "Barselona" klublari da'vogarlik qilmoqda.

O'yinchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun