Levandovskining agenti Rummenigge bilan futbolchi kelajagini muhokama qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 14:47
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski agenti Cezari Kuxarskining so'zlariga ko'ra, u nemis grandi boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge bilan uchrashadi.

Kuxarski myunxenliklar rahbariyati bilan mijozining kelajagi borasida suhbatlashadi.

"Na Rummenigge va na Anchelotti bilan suhbatlashdim, ammo tez orada Rummenigge bilan uchrashuv bo'ladi. Biz Levandovski kelajagini muhokama qilamiz" - deydi Kuxarski.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz