Levandovski "Barselona"ning umumiy guruhiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025, 20:08
"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi.

Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 36 yoshli goleador "Barselona" tarkibida "Osasuna"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmagach, "ko'k-anorlilar"ning boshqa futbolchilari bilan birgalikda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Levandovski joriy mavsum barcha musobaqalarda 38 o'yinda ishtirok etib, 34 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.

Ertaga, 11 mart kuni "Barselona" "Benfika"ni qabul qiladi. Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining javob uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca