Levandovski 2019 yilda 39 ta gol urdi

7 noya 2019, 02:23
Bu Top-5 chempionatlardagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

"Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski YCHL 4-turida "Olimpiakos"(2:0) klubi darvozasini ishg'ol qildi. Bu gol 31 yoshli polshalik hujumchi uchun 2019 yildagi 39-si bo'ldi. Mazkur ko'rsatkich Yevropaning top-5 chempionatlaridagi eng yaxshisi hisoblanadi. Levandovskidan keyingi o'rinlarda Lionel Messi ("Barselona", 36 gol), Serxio Aguero ("Manchester Siti", 32), Kilian Mbappe (PSJ, 32), Raxim Sterling ("Manchester Siti, 28) singari futbolchilar kelishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports