

Amaldagi mamlakat chempioni “Lester Siti” o'z maydonida “Liverpul” jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Bu “tulkilar”ning Kladuio Raneri jamoani tark etganidan keyingi ilk o'yini edi.
Uchrashuvda Jeymi Vardi dublga erishdi. Vardi 2017 yil hisobidan hali gol kiritmagandi. Yagona javob to'piga Filippe Koutino mualliflik qildi.

Ikki oylik tanaffusdan so'ng “Lester” nihoyat Angliya chempionatida g'alabaga erishdi. Jamoa bugungi g'alabadan so'ng 24 ochko bilan turnir jadvalida 18-pog'onadan 15-o'ringa ko'tarilib oldi. “Liverpul” 49 ochko bilan 5-o'rinda qoldi.
26-tur
Lester – Liverpul 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 28 Vardi, 2:0 – 39 Drinkuoter, 3:0 – 60 Vardi, 3:1 – 68 Koutino.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Xut, Fuks, Marez (Grey, 80), Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton (Chiluell, 90), Okadzaki (Amarti, 69), Vardi.
Liverpul – Minole, Klayn, Matip, Leyva (Vudbern, 84), Milner, Lallana (Origi, 66), Djan, Veynaldum, Mane (Moreno, 66), Firmino, Koutino.



