"Lester" futbolchisining "Galatasaroy"ga transferi barbod bo'ldi

Alisher
9 sen 2021, 16:53
"Lester" yarim himoyachisi Nampali Mendining ijara asosida "Galatasaroy"ga o'tishi amalga oshmay qoldi.

29 yoshli fransiyalik futbolchi turk klubiga transferini yakunlash uchun vaqtida Istanbulga kela olmadi.

Turkiyadagi transfer oynasi 8dan 9 sentyabrga o'tish kechasida yopildi.

Mendi 2016 yilning yozidan beri "Lester"da o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum "tulkilar" safida maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato