"Lester" ettinchi divizion futbolchisi bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
11 apr 2017, 13:30
"Lester Siti" safini transfer huquqi "Stafford Reynjers"ga tegishli bo'lgan Josh Gordon to'ldirdi.

Gordonning jamoasi havaskorlar klubi bo'lib, u Angliyaning ettinchi divizionida to'p tepardi. 22 yoshli hujumchi bilan shartnoma 1,5 yilga mo'ljallangan.

Gordon joriy mavsum 11 ta gol urgan "Lester" skautlarining e'tiborini tortdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports