"Lester" yetakchisi bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
2 may 2024, 18:22
Jeymi Vardi yana Premer-ligada o'ynaydi.

Chempionshipda 1-o'rinni egallab, APL yangi mavsumida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan "Lester" hujumchisi Jeymi Vardi bilan shartnomani uzaytiradi, deb xabar berdi "Sun Sport".



Xabar qilinishicha, 37 yoshli Vardi "tulkilar" bilan bir mavsumlik bitim imzolaydi. 

Jeymi Vardi joriy mavsum "Lester" safida 36 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sun Sport