"Lester" bilan o'yinda "Liverpul" futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 10:29
Kecha "Liverpul" APLning 9-turi doirasida "Lester"ni mag'lub etdi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida "Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keyta oyoqlarining son sohasi orqa qismidan jarohat oldi va almashtirildi. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqani aniq emas.

25 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "Liverpul" tarkibida 7 o'yinda qatnashdi. U ushbu oyning boshida xuddi shu jarohatini davolab, safga qaytgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia