L’Équipe: De Ligt mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi, Sancho va Xavertc kuchli uchlikda

14 iyun 2019, 19:20
Fransiyaning mashhur sport jurnali L’Équipe U-20 yoshdagi eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko'ra o'tgan mavsumda yorqin o'yin ko'rsatgan "Ayaks" sardori Matteys De Ligt birinchi o'rinni egalladi. Gollandiyalik himoyachidan keyin angliyalik Jeydon Sancho va "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavertc mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Top-10 futbolchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:


1. Matteys de Ligt (Ayaks);

2. Jeydon Sancho (Borussiya);

3. Kay Xavertc (Bayer);

4. Joau Feliks (Benfika);

5. Djanluidji Donnarumma (Milan);

6. Nikolo Dzanolo (Roma);

7. Moyze Kin (Yuventus);

8. Vinisius Junior (Real);

9. Deklan Rays (Vest Xem);

10. Ibraima Konate (Leyptsig). 

To'liq ro'yxat bilan bu yerda>>> tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: lequipe.fr