Leonid Sluckiy: "Rossiya futbol mamlakatimi?"

Nadirkhuja Yuldashev
6 sen 2016
So'nggi yillarda O'zbekistonda bo'lgani kabi Rossiya premer ligasida ham muxlislarni stadionlarga kelishi keskin kamayib ketdi.

"Spartak" jamoasini stadionini qarang. Kishini havasi keladi. Lekin SSKA bilan bo'lib o'tadigan o'yinni hisobga olmasangiz arena to'lmayapti. Bo'lmasam "Spartak" mamlakatning eng oldi klubi. Tomoshabinlar soni o'rtacha 20 ming kishidan oshmayapti. Hozir AQSHda MLS chempionatiga bundan ancha ko'p odam kirayapti. Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Gretsiyani qarang. Kuchli beshlik haqida gapirmayapman. Bizdachi? SSKAni oling. Yangi stadionga ega bo'ldik. Jamoamiz YCHLda o'ynaydi. Chempionlik uchun asosiy favorit, hozircha bor yo'g'i 7 minga aboniment sotildi. Bugungacha 15 mingtani mo'ljallagan edik. Bu juda kam", - deydi Rossiya terma jamoasining sobiq ustozi.

- To'g'ri, bu borada marketing xizmati izlanishi kerak. Lekin chempionatimiz eng kuchsizlari qatorida emas-ku? Avvalgisidan yaxshi bo'lsa yaxshiki, yomon emas. Lekin 90-yillardagi tomoshabinlar yo'q. Avval men yangi tizimdan keyin kishilarni munosabati o'zgaradi deb o'ylagan edim. Adashgan ekanman. O'ylashimcha, JCH ham bizga yordam bermaydi.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: «Спорт-Экспресс»