

"Sterlingni fantastik futbolchi deb hisoblayman. U uzoq vaqt davomida o'z poziciyasida liganing eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Balki, ayrimlar uni eng yaxshisi deb ham atashdi.
U "Real"ga qarshi o'yinlarda o'ynayverib, o'rganib qolgan. Ammo tarkibdagi boshqa futbolchilar hozir biroz yosh. Tabiiyki, u boshqalardan ko'ra ko'proq tajribaga va futbolni tushunuvchanlikka ega.
"Chelsi", "Derbi", "Everton"da ishlaganimda yosh futbolchilarga Sterlingni necha marta namuna qilib ko'rsatganimni bilmayman. Chunki u o'shanda har mavsumda 20+ gol urardi. U top-futbolchi", - dedi Lempard.



