Lempard: “Ikki ochko yo'qotdik, bu biz uchun katta dars bo'ldi”

27 sen 2020, 08:55
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard APl 3-turi doirasida “Vest Bromvich”ga qarshi uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limidan keyin londonliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishayotgandi.

“Raqibni hurmat qilgan holda aytamanki, biz ikki ochko yo'qotdik. Bu erga kelarkansan, raqib har qanday xatoingdan foydalanib ketishini bilib turasan. O'yingacha biz standart vaziyatlardan ehtiyoti bo'lish kerakligini aytgandik.

O'yindagi xatolarni oldindan bilib bo'lmaydi. Bunday hisobdan keyin o'yinga qaytib, xarakter ko'rsata olgani uchun jamoamni olqishlayman. Agar hammasini to'g'ri bajarganimizda, bunday olqishlar shart ham bo'lmasdi. 

Hisobga ta’sir ko'rsatadigan yaqqol xatolar bo'ldi. Birinchi bo'limda ikki-uchta golli vaziyatlarni yarata oldik. Hisob 0:3 ga o'zgarganidan keyin mezbonlar himoyaga katta e'tibor qaratishdi.

Bu biz uchun katta dars bo'ldi. Biz yaxshiroq bo'lishga intilamiz. Jamoa hali hamon izlanishda. Yangi futbolchilar jamoaga moslashib ketishiga biroz vaqt kerak bo'ladi”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports Premier League