Lempard "Chelsi"ga qaytganidan afsuslanmaydi, u 11 ta o'yinda 8 marta mag'lub bo'lgandi

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2023, 09:57
Frenk Lempard "Chelsi"ga qaytganidan afsusda emas.

Sobiq futbolchi o'tgan mavsum vaqtincha jamoani boshqargandi. Uning qo'l ostida "Chelsi" 1 martagina g'alaba qozonib, 8 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etdi. 

"Bundan afsusda emasman. Agar odamlar olti-etti haftalik ishimni tanqid qilishsa yoki o'z fikrlarini bildirishsa, bundan muammo ko'rmayapman. 

Bu faoliyatimdagi yaxshi bo'lmagan tajribalardan biri edi, lekin bu tajriba bo'ldi. Men bundan saboq chiqardim", - dedi Lempard. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Diary Of A CEO