Lemina 23 mln. evro evaziga "Yuventus"dan "Shalke"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 avg 2016, 14:16
"Yuventus" yarim himoyachisi Mario Lemina faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "Shalke" bilan kelishuvga erishgan. Nemis klubi gabonlik uchun 23 mln. evro to'lashga rozi.

Lemina o'tgan mavsumda "Yuventus" tomonidan ijaraga olingan edi, ammo aprel oyida "keksa sinora" futbolchi transfer huquqini "Marsel"dan 9,5 mln. evroga sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport