"Yuventus" yarim himoyachisi Mario Lemina "Uotford" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Buni "Watford Observer" tasdiqladi. Manbaning ma'lum qilishicha, ingliz klubi futbolchini yozgi transferlar payti xarid qilishga urinib ko'radi. Leminaning taxminiy transfer narxi 7 million funt deb baholanmoqda.