Legioner murabbiy, "Nasaf" posboni va "Metallurg" himoyachisi - Superligada 15-turning eng yaxshilari

Narzulla Saydullayev
13 avg 2024, 16:10
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 15-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi darvozaboni – Abduvohid Ne'matov ("Nasaf")

"Nasaf" bu tur o'z maydonida "Paxtakor" bilan o'ynadi. Uchrashuv davomida "sherlar" ko'plab hujumlar tashkil etishdi, biroq "ajdarlar" posboni Abduvohid Ne'matov jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Shu tariqa Ne'matov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi murabbiyi – Vitaliy Levchenko ("Neftchi")

"Neftchi" Farg'onada "Dinamo"ni qabul qildi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. E'tiborlisi o'yin boshida "Neftchi" 10 kishi bo'lib qoldi va butun o'yin davomida kamchilik bo'lib o'ynadi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi farg'onaliklar iroda namoyish etishdi va g'alaba qozonishdi. Shu tariqa "Neftchi" ustozi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi futbolchisi – Azizbek Pirmuhammadov ("Metallurg")

"Metallurg" bu tur Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ldi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. Shu kuni chap qanot himoyasida o'ynagan Azizbek Pirmuhammadov juda faol bo'ldi va gol urishdan tashqari golli uzatmani ham amalga oshirdi. Pirmuhammadov saytimiz talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng chiroyli goli muallifi – Muzaffar Olimjonov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvining 47-daqiqasida Temurxo'ja Abduxoliqovning ajoyib uzatmasidan keyin Muzaffar Olimjonov himoyachisini ortda qoldirib chiroyli gol urdi. Aynan Olimjonov tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.



 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia