Lautaro Martines: "O'z maydonimizda gol ura olmayotganim menga ishtiyoq berdi"

Mirjalol Normatov
10 dek 2023, 11:55
A Seriyaning 15-turida "Inter" o'z maydonida "Udineze"ni yirik hisobda taslim qildi.

Ushbu uchrashuvda milanliklar hujumchisi Lautaro Martines hisobiga bir gol yozdirib qo'ya oldi. Shu orqali u 2023 yildagi 28-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

"O'z maydonimizda gol ura olmayotganim kuch berdi va to'pni yo'qotishim bilan uni olib qo'ya oldim va darvozaga tepdim, gol. 28ta gol? Asosiysi - jamoaga yordam berayotganim va biz hali ham o'zimiz istayotgan yo'lda ekanligimiz", - dedi futbolchi "fcinter1908.it" nashriga.

"Inter" navbatdagi turda "Lacio"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcinter1908.it