"Lans" klubi Husanovning transferini tasdiqladi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023, 20:38
Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Biroz avval saytimiz orqali Fransiyaning "Lans" klubi Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.

Himoyachi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi va Fransiya vice-chempioni "Lans" klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Hamyurtimiz 25-raqam ostida to'p tepadi.

Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Ma'lumot uchun, "Lans" o'tgan mavsum Fransiya chempionatida ikkinchi o'rinni olgan va yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/RCLens