LaLiga. "Real" o'ziga kelmoqda, bu safargi qurbon – "Alaves" jamoasi

4 fev 2019, 02:48
Ispaniya chempionati 22-turida "qirollik klubi" raqibiga imkoniyat qoldirmadi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Benzema hisobni ochgan bo'lsa, 80-daqiqaga kelib Vinisius "Real" ustunligini mustahkamladi. O'yinning so'ngida  Dias yakuniy nuqtani qo'ydi. Ushbu g'alaba evaziga Florentino Peres jamoasi turnir jadvalidagi o'rnini mustahkamlab oldi.

Real Madrid – Alaves 3:0
"Santyago Bernabeu"

Gollar: 1:0 – 30 Benzema, 2:0 – 80 Vinisius Junior, 3:0 – 90 Dias.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Regilon, Odriosola, Nacho, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior (Isko, 87), Sebalos, Beyl (Asensio, 63), Benzema (Dias, 75).
Alaves –Pacheko, Maripan, Laguardia, Duarte, Vigaray, Pina, Manu Garsiya (Gvidetti, 81), Xoni Rodriges, Vakaso, Burgi (Rolan, 67), Kaleri (Aleks Blanko, 81).
Ogohlantirishlar: Laguardia (32), Burgi (54), Vakaso (74).

LaLiga turnir jadvali bilan tanishing

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia