LaLiga gigantlari mag'lub bo'lgan turni Kataloniya klubi stadionidagi o'yin yakunlab beradi

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 15:37
Bugun, 27 sentyabr kuni LaLiga 6-turining so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Kechagi uchrashuvlarda Ispaniya chempionatida yetakchilik qilayotgan ikki jamoa omadsizlikka uchradi.


"Leganes" - "Barselona"

"Butarke" stadionidagi uchrashuv Kataloniya klubining ustunligi bilan boshlandi. Messining uzatmasidan so'ng Koutino ajoyib zarba bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshlarida "Leganes" futbolchilari raqibning tinchini buzishdi va 2 daqiqa ichida 2ta gol urib, LaLiga chempionlarini shoshirib qo'yishdi. Ikkinchi golda qo'pol xato qilgan Pike jamoaning mag'lubiyatiga asosiy sababchilardan biri bo'ldi. Ko'k-anorranglilar bahsning qolgan qismida gol ura olishmadi va mavsumdagi birinchi mag'lubiyatni qabul qilishdi.


"Atletik" - "Vilyarreal"

Ushbu o'yinning asosiy voqelarai ikkinchi bo'limda bo'lib o'tdi. "Sariq suvosti kemasi" vakili Pablo Fornals 65-daqiqada hisobni ochdi. Ushbu gol mehmonlarga kuch berdi va qolgan 30 daqiqa ichida yana 2ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu yirik g'alaba "Vilyarreal"ga turnir javalida 8-o'ringa ko'tarilishga imkon berdi.


"Valensiya" - "Selta"

Joriy mavsum LaLigada birorta g'alabaga erishmagan "ko'rshapalaklar" 6-turda g'am o'z masqadlariga erisha olishmadi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Mishi Batshuayi hisobni ochgan bo'lsada, bahsning so'nggi daqiqalarida Yago Aspasning urgan goli mezbonlarga Ispaniya chempionatida g'alaba tamini his qilishga imkon bermadi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.


"Sevilya" - "Real"

6-turning markaziy uchrashuvi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo'lib o'tdi. Deyarli 41 ming muxlis sig'adigan arenani to'ldirgan mahalliy ishqibozlar uyga yaxshi kayfiyatda qaytishdi. Xulen Lopetegi qo'l ostidagi "Real" birinchi bo'limning o'zida 3ta gol o'tkazib yubordi. Mezbonlarning qarshi hujumlari bu gollar urilishiga zamin yaratdi. Ikkinchi bo'limda ikkala jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo taym gollarsiz yakunlandi. "Qirollik klubi" "Barselona"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmadi, "Sevilya" esa turnir jadvalida to'rtinchi o'ringa ko'tarildi.



Bugun LaLiganing 6-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.


"Alaves" - "Xetafe"

Mavsumni yaxshi boshlagan "Alaves" o'z uyida "Xetafe"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turgan mezbonlar hozircha o'z maydonida mag'lub bo'lmagan. "Xetafe" esa mehmondagi 2ta uchrashuvda 1ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat qayd etgan. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.


"Valyadolid" - "Levante"

Ushbu bahsni autsayderlar jangi desak ham bo'laveradi, chunki bu jamoalar LaLiganing eng kuchsiz 5ta jamoalaridan hisoblanishadi. "Valyadolid" hozirgacha uyida 2ta uchrashuv o'tkazgan bo'lsada, biroq ularning birortasi jamoaga ochko keltirmagan. "Levente" esa ob-havo jamoa. Gohida kuchli jamoalarga etarlicha muammo tug'diradi, bazida esa o'z uyida o'rtamiyona jamoalarga imkoniyatni boy beradi.


"Jirona" - "Betis"

6-turni yakunlab beradigan bahs Kataloniyada bo'lib o'tadi. "Jirona" joriy mavsum LaLiga yetakchi jamoalarining bosh og'rig'iga aylanmoqda. Bu klub 5-turda "Barselona"ning uy stadioni "Kamp Nou"da durang qayd etdi. Undan avvalgi bahslarda esa "Selta" va "Vilyarreal"ni taslim etdi. "Betis" esa bu mavsum 5ta uchrashuvning 3tasida durang qayd etdi. Ammo ular "Real"ni taslim etgan "Sevilya"dan 3 ochko olishganini esdan chiqarmaslik lozim.


LaLiga, 6-tur. 27 sentyabr

23:00. "Alaves" - "Xetafe"

23:00. "Valyadolid" - "Levante" (Match TV. FUTBOL 3)

01:00. "Jirona" - "Betis" (Match TV. FUTBOL 3)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia