“Lacio” rahbariyatni tanqid qilgani uchun jamoa futbolchisini jazoladi

Eldor Akmurzayev
19 noya 2020, 21:30
Rimliklar a'zosi Luis Alberto klub rahbarlarini katta mablag' evaziga samolyot sotib olganiga norozilik bildirgandi.

U buni jamoa futbolchilarining maoshlari to'liq to'lanmagani bilan izohlagan.

Shu sabab, “Lacio” prezidenti Klaudio Lotito va sport direktori Igli Tare xavbekka nisbatan jazo tayinladi. Rahbariyat futbolchini bir o'yinga chetlatdi. Luis Alberto 21 noyabrda o'tadigan “Krotone”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 6 o'yinda qatnashib, bir bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru