"Lacio" o'z futbolchilari bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
8 okt 2021, 23:52
"Lacio" yetakchilari klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Immobile klubi bilan 2026 yilga qadar, Acherbi esa 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Acherbi 2018 yili jamoa tarkibiga o'tib, 146 o'yinda ishtirok etdi. Endi u yiliga 2 million evro maosh oladi. 2016 yili "Lacio"ga o'tgan Immobile esa yiliga 4 million evro ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato