

Agarda o'yin vaqtida futbolchilar yoki xavfsizlik xizmati koordinatorining irqchilik bilan bog'liq shikoyatidan keyin bosh hakam qo'llari bilan maxsus harakat orqali ogohlantirish e'lon qiladi.
Bunday holat ilk bor kuzatilganida o'yin to'xtatiladi va stadion uzra maxsus teznika yordamida ogohlantirish e'lon qilinadi. Agarda irqchilik harakatlari davom etsa, har ikki jamoa a'zolari maydonni tark etadi. Bu kabi holat uchinchi bor kuzatilgan taqdirda, bosh hakam va rasmiylar o'yinni butkul to'xtatish borasida qaror qabul qiladi.
Mazkur yangilik protokol qoidalariga kiritiladi va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi shafeligidagi barcha musobaqalarda amal qiladi.



