La Ligada avgust oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar nomi e'lon qilindi

Administrator
3 sen 2025, 20:55
Lamin Yamal va Kilian Mbappe bu nomga asosiy da'vogarlardan hisoblanishadi.

La Liga avgust oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlarni ma'lum qildi, mukofot sohibi muxlislar so'rovnomasi orqali aniqlanadi. Avgust oyi yakunlari bo'yicha mukofotga 5 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda.

Lamin Yamal ("Barselona") - 3 ta o'yin, 2 ta gol, 2 ta golli uzatma;

Kilian Mbappe ("Real") - 3 ta o'yin, 3 ta gol;

Niko Uilyams ("Atletik") - 3 ta o'yin, 1 ta gol, 1 ta golli uzatma;

Pere Milya ("Espanyol") - 3 ta o'yin, 2 ta gol;

Nikolya Pepe ("Vilyarreal") - 3 ta o'yin, 2 ta gol, 1 ta golli uzatma.

Muxlislar 8 sentyabrgacha o'z ovozlarini berishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://miliga.laliga.com/premioslaliga