La Liga. "Sevilya" Basklar o'lkasida mag'lub bo'ldi

31 okt 2020, 22:48
Ispaniya chempionati 8-turi doirasidagi yana bir o'yin nihoyasiga etdi.

Bilbaoda "Atletik" mehmoni bo'lgan "Sevilya" futbolchilari 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Dastlab, 9-daqiqada mehmonllar hujumchisi Yussef En-Nesiri hisobni ochdi. 2-bo'lim oxirida Inker Muniain va Oyan Sansetlar tomonidan urilgan gollar o'yin taqdirini hal qildi. Ushbu g'alabadan keyin "Atletik Bilbao" hisobidagi ochkolar soni 9 taga etdi → TURNIR JADVALI

Atletik – Sevilya 2:1

31 oktyabr, 20.15, "San Mames"

Gollar:

0:1 – 9 En-Nesiri, 1:1 – 76 Muniain, 2:1 – 86 Sanset.

Atletik – Unai Simon, Kapa, Martines, Yeray Alvares, Berchiche, Sarraga (Unai Lopes, 54), Raul Garsiya (Vilyalibre, 54), Morsilo (Sanset, 85), Dani Garsiya (Vesga, 67), Berenger (Muniain, 67), Uilyams.

Sevilya – Bunu, Diego Karlos, Kunde, Navas, Akunya, Jordan (Oliver Torres, 68), Rakitich (Gudel, 68), Fernando (Munir, 87), Okampos, de Yong (Fernandes, 88), En-Nesiri (Vaskes, 63).

Ogohlantirishlar:

Fernando (26), Raul Garsiya (30), Martines (53), Uilyams (61), Kunde (62), Akunya (69), Navas (88), Unai Lopes (89), Diego Karlos (90), Berchiche (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia