La Liga. Kazemironing dubli “Real”ga “Sevilya” ustidan g'alabani taqdim etdi

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2020, 21:50
Ispaniya chempionati 20-turidan o'rin olgan “Real” hamda “Sevilya” o'rtasidagi to'qnashuv yakunlandi.

Uchrashuvning ilk bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa, 2-taym boshida Kazemiro Luka Yovichning uzatmasidan aniq foydalanib, gol urdi. Bo'lim o'rtalarida Luk De Yong oradagi farqni tikladi. Keyin esa yana Kazemiro mehmonlar darvozasini ishg'ol etib, dublga erishdi va “qirollik klubi”ga qiyin g'alabani taqdim etdi. 

Real Madrid – Sevilya 2:1 (0:0, 2:1)

Santyago Bernabeu

Gollar: 1:0 – 57 Kazemiro, 1:1 – 64 de Yong, 2:1 – 69 Kazemiro.

Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Militao, Marselo (Mendi, 71), Kazemiro, Modrich, Kroos, Vaskes, Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Yovich (Benzema, 62).

Sevilya – Vaclik, Navas, Diego Karlos, Regilon, Kunde, Banega (Roni Lopesh, 80), Gudel, Fernando, Vaskes (Oliver Torres, 75), Munir (En-Nesiri, 66), de Yong.

Ogohlantirishlar: Modrich (37), Banega (54), Karvaxal (87), Kazemiro (88).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia