

“Superliga rahbarlari o'zlarini kulgiga qo'ydi. Uning asoschilari butun futbol ommasiga futbol sohasi va muxlislarga nisbatan befarq ekanliklarini namoyish etishdi. O'zimni xiyonatkor sifatida his etmayapman.
Bu biznesda ko'pdan beri faoliyat olib boraman va bazi klublarning xudbinligi menga allaqachon ma'lum bo'lgan. Superliga loyihasi yashirincha uzoq yillar davomida o'ylangandi, ammo buni boshqalarda berkitib, nimadir qilish yaxshi ish bo'lmadi”, deydi Tebas.



