La Liga. Debyutant "Granada" sensacion tarzda "Barselona"ni taslim qildi

Eldor Akmurzayev
22 sen 2019, 01:50
Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida Granada o'z maydonida Barselonani qabul qilib, kutilmaganda amaldagi chempionni mag'lub etdi.

Mezbonlar ushbu muvaffaqiyatdan keyin turnir jadvalida 10 ochko to'plagan holda peshqadam bo'lib oldi. Kataloniyaliklar esa 7 o'ringa tushib ketdi.

Granada – Barselona 2:0 (1:0, 1:0)

Nuevo Los Karmenes

Gollar: 1:0 – 2 Aziz, 2:0 – 66, penalti Vadilo.

Granada – Ruy Silva, Xerman Sanches, Neva, Dias, Duarte, Montoro, Aziz, Puertas, Errera (Gonalon, 83), Machis (Vadilo, 62), Soldado (Fernandes, 58).

Barselona – ter Stegen, Langle, Firpo (Fati, 46), Pike, Serdji Roberto, de Yong, Rakitich (Vidal, 62), Karles Peres (Messi, 46), Semedu, Suares, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Suares (21), Pike (45), Soldado (48), Errera (49), Fernandes (87).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia