

Ikkala jamoa bahsni 18 dekabrda o'tkazilishiga rozi bo'lishdi. Biroq, La Liga rahbariyati El-Klasikoni dekabrning boshlari, yani, oyning to'rtinchi sanasida o'tkazishni xohlamoqda.
Boisi, 18 dekabr kuni Ispaniya Kubogi doirasida bir qator uchrashuvlar o'tkaziladi. Bu esa boshqa klublarning televizion translyatsiyalar bo'yicha keladigan daromadiga katta zarar etkazishi mumkin.
Mutasaddilar nafaqat Real hamda Barselona, balki, boshqa jamoalarni ham o'ylagan holda ushbu super to'qnashuvni 4 dekabrga ko'chirishni rejalashtirmoqda.



