

Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatdi. “Kyoln” rahbariyati 26 yoshli futbolchini qishki transfer bozori chog'ida ijaraga olishni maqsad qilgan. Shyurrle “Borussiya” safida bor yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushgan, u ham bo'lsa Germaniya Kubogi doirasidagi uchrashuvda.
Ma'lumot uchun, Andre Shyurrlening “Borussiya” bilan shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. Yarim himoyachining Dortmund klubidagi asosiy raqobatchisi ukrainalik Andrey Yarmolenko hisoblanadi.




