"Beshiktosh" "Borussiya" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
4 apr 2020, 19:05
"Spartak"da ijara asosida o'ynayotgan "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Andre Shyurrle Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, germaniyalik futbolchi ijara muddati tugaganidan so'ng Moskva jamoasida faoliyatini davom ettirmoqchi emas.

Nemis futbolchisining xizmatlari "Beshiktosh"ga taklif qilingan. Turk klubi yozgi transferlar oynasida katta o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum RPLda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fanatik