"Borussiya" Shyurrle bilan shartnomani bekor qildi

Alisher
15 iyul 2020, 16:11
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Andre Shyurrle bilan shartnomani bekor qildi.

Shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan edi. 2016 yilda dortmundliklar futbolchi uchun "Volfsburg"ga 30 million evro to'lashgan.

29 yoshli xavbek ayni damda erkin agent maqomida yuribdi.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik yarim himoyachi mavsumni ijara asosida "Spartak"da o'tkazgan edi, ammo Andre koronavirus pandemiyasi tufayli Germaniyaga uchib ketgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bvb.de