

Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va KXDR terma jamoalari ishtirok etayotgan ushbu turnirning avvalgi natijalari haqida xabar bergan edik.
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqichidagi raqiblaridan biri bo'lgan KXDR ikkinchi o'yinda Xitoyga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Gollarga YU Dabao hamda Vang Yongpo mualliflik qilishdi.
Final bosqichi ikkinchi turidagi boshqa bir uchrashuvda Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Musobaqaning navbatdagi o'yinlari 9 avgustda bo'lib o'tadi. Bu safar KXDR Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.



