Valentin Kovalenko Suzuki Cup final bahsini boshqardi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2014, 12:43
Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Tailand va Malayziya terma jamoalari o'rtasida kechgan Sharqiy Osiyo Kubogi (Suzuki Cup-2014) finali dastlabki uchrashuvini boshqardi.
17 dekabr kuni Bangkok shahrida o'tkazilgan ilk final bahsida Tailand Malayziya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Valentin Kovalenkoga qanotlarda Mamur Saidqosimov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishdi.

Malayziya va Tailand terma jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, ASEAN mintaqasining jami 8ta terma jamoasi ishtirok etgan mazkur turnirda Kovalenkodan tashqari yana bir o'zbekistonlik referi - Ilgiz Tantashev ham hakamlik qilgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com